Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklarni haqorat qilgan tiktokerga hukm o‘qildi. U Prezidentga tajovuzda ham ayblangan

O‘zbekistonliklarni haqorat qilgan tiktokerga hukm o‘qildi. U Prezidentga tajovuzda ham ayblangan

Tik Tok platformasida «Abdulloh» nomi bilan tanilgan Toshkent viloyatida yashovchi 26 yoshli bloger – Yugay Valeriyga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, u 2024-yilning oktyabr-noyabr oylarida Koreya Respublikasida turib, o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida millatlararo nizo keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan, milliy qadr-qimmatni tahqirlovchi hamda diniy e’tiqodga ko‘ra, fuqarolarni kamsituvchi so‘zlar bilan O‘zbekiston qonunchiligini buzgan.

Jamoatchilikning keskin noroziligidan so‘ng mazkur shaxs joriy ilning 25-mart kuni Abu-Dabi – Samarqand yo‘nalishi orqali O‘zbekistonga keltirilib, qamoqqa olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudining hukmi bilan Yugay Valeriy Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 2-qismi va 158-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tattirilish belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring