Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasida vositachilik taklif etdi

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasida vositachilik taklif etdi

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Islomobod Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha «mazmunli va konstruktiv muzokaralar» uchun platforma yaratishga tayyorligini bildirdi. 

«Pokiston mintaqada va undan tashqarida tinchlik va barqarorlik manfaatlari yo‘lida Yaqin Sharqdagi urushni tugatish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni olqishlaydi va to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi», deb yozgan bosh vazir X ijtimoiy tarmoq platformasida. 

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi OAVni taxminlardan tiyilishga va Islomobod Yaqin Sharqdagi mojarolar fonida AQSh va Eron rasmiylari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishi mumkinligi haqidagi xabarlarga javoban rasmiy bayonotlarni kutishga chaqirgan edi. 

23-mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar o‘tkazilishini e’lon qildi, shundan so‘ng u Eronning energetika inshootlariga hujumlarga besh kunlik moratoriy joriy qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus elchi Stiv Uitkoff va biznesmen Jared Kushner «Erondagi eng muhim shaxs» bilan suhbatlashgan. Biroq Tehron Vashington bilan har qanday aloqalarni rad etdi. Axios amerikalik manbaga tayanib, Turkiya, Misr va Pokiston so‘nggi kunlarda vositachi sifatida ishlaganini xabar qildi.

The Express Tribune nashrining xabar berishicha, Islomobod Amerika delegatsiyasi ishtirokidagi muzokaralar uchun mumkin bo‘lgan joy sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring