Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuratura ikki hududda 21 mlrd so‘mlik talon-toroj haqida xabar berdi

Prokuratura ikki hududda 21 mlrd so‘mlik talon-toroj haqida xabar berdi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 21 mlrd so‘mdan ortiq mineral o‘g‘itlarning talon-toroji fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.Unda «A.L.» MChJ mas’ul shaxslari «M.Ch.» AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan saqlanishi lozim bo‘lgan umumiy bahosi 16,9 mlrd so‘mlik 5679,7 tonna mineral o‘g‘itlarni naqd pulga sotib yuborib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtakor tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda «J.R.» MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar «M.Ch.» AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan saqlanishi lozim bo‘lgan umumiy bahosi 4,5 mlrd so‘mlik 1 503 tonna mineral o‘g‘itlarni naqd pulga sotib yuborib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi,«Z.K.» MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar «M.Ch.» AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan saqlanishi lozim bo‘lgan umumiy bahosi 802,5 mln so‘mlik 262,1 tonna mineral o‘g‘itlarni naqd pulga sotib yuborib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring