Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston banki O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatdi

Qozog‘iston banki O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatdi

Markaziy bank joriy yil 27-avgustda «Yevroosiyo Banki» aksiyadorlik jamiyatidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib oldi.

«Bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlashtirilmaganligi hamda banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bajarilmaganligi sababli ushbu qaror qabul qilindi», – deyiladi regulyator bayonotida.

O‘z navbatida, «Yevroosiyo Banki» O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatishini, asosiy e’tiborni Qozog‘iston bozoriga qaratishini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring