Rossiyalik mashhur teleboshlovchi Leonid Yakubovich Buxoroga keldi
9-10 mart kunlari Buxoroga «Rossiya yahudiylari kongressi» xayriya jamg‘armasi prezidenti Yuriy Kanner va rossiyalik taniqli teleboshlovchi Leonid Yakubovich rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda «Live Bukhara»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Delegatsiya Buxoroda yahudiy jamoatchiligi, yahudiylar madaniyat markazi vakillari hamda shahar rasmiy ma’murlari bilan uchrashdi.
Buxoro hokimi Karim Kamolov hamrohligida mehmonlar tarixiy yodgorliklar bilan tanishdi, viloyat yoshlar markaziga tashrif buyurdi va hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter