Samarqandda YuNESKO Milliy komissiyalarining 12-yig‘ilishi boshlandi
29 oktyabr kuni Samarqand shahrida, YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida, YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalarning 12-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
Anjuman davomida tashkilot kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Xususan:
- yoshlar siyosati rivojlanishi;
- davlatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;
- barqaror rivojlanish;
- inklyuzivlik masalalari kun tartibidan o‘rin olgan.
Yig‘ilishni YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova ochib berdi va yig‘ilish raisi etib saylandi.
U o‘z nutqida kengash kun tartibi mazmunan boy ekanini hamda YuNESKO faoliyati uchun muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olganini ta’kidladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter