Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanjar Mashriqiy

Xudodan so‘rab, bekor yotma! (arman xalq maqoli)

Sovuq urushdan keyingi «eng yomon inqiroz». Putin va Makron nimalarni gaplashdi?

Sovuq urushdan keyingi «eng yomon inqiroz». Putin va Makron nimalarni gaplashdi?

Foto: RIA «Novosti».

Sharqiy Yevropada Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlashib bormoqda. Biroz avval NATO a’zolarining xavotirlari, Rossiyaning pozitsiyasi haqida tahlillarni taqdim etgan edik. 

G‘arb Ukraina - Rossiya munosabatlarini keskinlashganiga hammani ishontirishga urinmoqda. Xususan, Kremldagi Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Vladimir Putin uchrashuvi ko‘plab bahslarga sabab bo‘ldi.

Dushanba kun tashkil etilgan muloqot 5 soatdan ortiq davom etdi. G‘arb OAVlariga qaraganda, asosiy masala Rossiya armiyasining Ukraina chegaralaridan olib ketish va Putinni hujum qilmaslikka ko‘ndirish bo‘lgan.

Shunga qaramay, yuqoridagi taxmin to‘la ishonchli emas, chunki munozaralar boshlangandan beri Moskva hujum rejasi yo‘qligini, qo‘shinlarini o‘z hududida xohlaganicha harakatlantirish huquqiga ega ekanini aytgan.

Fransiya rahbari va Rossiya liderining uchrashuv tafsilotlarining ma’lum qismidan noma’lum qismi ko‘proq, nainki, agar ma’lum bo‘lganda eng mashhur OAVlar turlicha fikr bildirmagan bo‘lar edi. Britaniyaning eng mashhur nashrlari «The Guardian», «BBC», AQShning «Politico», «CNBC», «New York Times» nashrlari turlicha yondashdi.

«The Guardian» nashriga ko‘ra, Emmanuel Makron muzokaralarda Rossiyaning Ukrainaga hujum ehtimolini to‘xtatishga erisha olmagan. Besh soat davom etgan muzokaralardan so‘ng Makron vaziyat keskinlashuvi xavfidan qochish uchun tomonlar tezkorlik bilan ishlashlari zarurligi haqida ogohlantirgan. Shu maqsadda zudlik bilan Kiyevga uchib ketgan.

«Hozir keskinlik kuchaymoqda va beqarorlik xavfi ortib bormoqda. Rossiya ham, yevropaliklar ham koronavirus pandemiyasi fonida beqarorlikni xohlamaydilar. Shuning uchun biz aniq chora-tadbirlarni kelishib olishimiz kerak»,  ̶  degan Makron «The Guardian»ga ko‘ra.

Makron bugun Kiyevda prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Fransuz siyosatdoni uchrashuvdan so‘ng Putin bilan yana aloqaga chiqib vaziyatni yumshatishga o‘rinib ko‘radi.

Yana bir ishonchli insayder «BBC» «Guardian»dan farqli ravishda Makronning natijaga erishganini yozmoqda. Makron Putin bilan uchrashuvdan so‘ng yaqin kunlar Ukrainadagi ziddiyatni yumshatish uchun muhim bo‘lishini qayd etgan. Nashrga ko‘ra, G‘arb Rossiya qo‘shinlarini Ukraina chegaralaridan olib chiqib ketish borasida ilk muvaffaqiyatga erishgan.

Ikkala nufuzli nashrning ham umumiy ssenariylari yo‘q emas. Kiyevdagi Makron - Zelenskiy uchrashuvi muzokaralarda muhim bo‘ladi. 

Rossiya tomoni nashrlari ham jim turgani yo‘q. Xususan, «The Moscow Times»ning yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin murosaga tayyorligini, Parij tomonidan ilgari surilgan takliflarni ko‘rib chiqishini ta’kidlagan. Diplomatik bayonotda Ukraina bo‘yicha keskinlikni G‘arbning o‘zi oshirayotgani ta’kidlagan.  Rus nashri muzokaralar Ukraina bilan bog‘liq holatni Sovuq urush tugaganidan beri yuzaga kelgan «eng yomon inqiroz» deb atagani ham e’tiborni tortadi.

Fransiya rahbari Moskvaga aniq takliflar bilan kelganini aytgan nashr ularning tafsilotlari haqida to‘xtalib o‘tmagan. «Parijning bir qator g‘oyalari, takliflari... keyingi qadamlar uchun asos bo‘lishi mumkin. Biz hammaga mos keladigan murosalarni topish uchun hamma narsani qilamiz», - degan Putin.

«The New York Times» vaziyatning boshqa tomoniga e’tibor qaratdi. Kremldagi uchrashuv bilan bir vaqtda Vashingtonda Jo Bayden Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashdi. Shols uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Rossiya Ukrainaga hujum qilgan taqdirda, G‘arb sanksiyalari juda qat’iy bo‘lishi, Germaniya bunday choralardan zarar ko‘rishi, ammo ittifoqchilar bilan kelishib harakat qilish tarafdori ekanini aytgan. Avvalroq Berlinning Ukrainadagi inqirozni to‘xtatish uchun Rossiya bilan qanday munosabatda bo‘lish borasidagi cheklovli pozitsiyasi ittifoqdoshlari orasida norozilik uyg‘otgani haqida yozgandik.

Bayden esa Rossiya Ukrainaga tajovuz qilsa, Rossiya gazini Yevropaga yetkazish uchun qurilgan «Shimoliy oqim-2» loyihasini to‘xtatishi haqida aytgan. «Agar Rossiya yana bostirib kirsa... «Shimoliy oqim-2» bo‘lmaydi. Biz uni butunlay to‘xtatamiz»,  ̶ degan AQSh prezidenti. 80 yoshli siyosatchi Vashington bu maqsadga qanday erishmoqchi ekaniga aniqlik kiritmagan.

Seshanba kuni Shols ham xuddi Makron kabi Kiyevda muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Dushanba kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan uchrashgani, ammo Zelenskiy bilan uchrashuvi ro‘y bermagani ma’lum qilingandi. Mish-mishlarga qaraganda, uchrashuv Germaniyaning pozitsiyasi sabab bekor qilingan.

Emmanuyel Makron Ukraina mavzusini doimiy ravishda Shols bilan ham, Yevroittifoqning boshqa davlatlari rahbarlari bilan ham, shuningdek AQSh va Britaniya bilan maslahatlashib turganini aytgan. Muzokaralar hal qiluvchi pallaga yaqin bo‘lishi mumkin. Shunga qaramasdan Rossiya «qandaydir mo‘jiza kutmaslikka» chaqirgan. Rossiya Ukrainaning NATOga qabul qilinishi mamlakat uchun xavf sifatida e’tirof etib, a’zollika kiritmaslikni so‘rab xat jo‘natgan, Vashington esa a’zolik bo‘yicha kafolat taqdim etilmasligini bildirgandi. Hozircha hech qaysi tomon o‘z pozitsiyasidan chekingani yo‘q.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring