Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT Samarqand sammiti sanasi ma’lum bo‘ldi

ShHT Samarqand sammiti sanasi ma’lum bo‘ldi

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 16 may kuni Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan ShHT Bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda sammit masalalari ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuvda:

  • O‘zbekistonning ShHTga raisligidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish;
  • joriy yilning may-sentyabr oylariga mo‘ljallangan yuqori darajadagi uchrashuvlar;
  • 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik ko‘rish;
  • ShHT faoliyatini yanada rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish;
  • bo‘lajak sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarni kelishish jarayonini tezlashtirish kabi masalalar muhokama qilingan.

Shuningdek, muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi mavjud vaziyat ham ko‘rib chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring