Tadbirkorlarning 16 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ini talon-toroj qilgan rahbar aniqlandi
Tadbirkorlarning 16 mlrd so‘mdan ziyod mineral o‘g‘itlarini talon-toroji fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «M.I.» MChJ rahbari K.X.«M.Ch.» AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan, saqlovga qabul qilingan umumiy bahosi 16,6 mlrd so‘mlik 5 441,7 tonna ammiakli selitra o‘g‘itlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «T.F.» MChJ omborxonasi mudiri G.M.«M.Ch.» AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan, saqlovga qabul qilingan umumiy bahosi 133,4 mln so‘mlik 46,6 tonna sulfat ammoniy mineral o‘g‘itlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter