Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telekommunikatsiya xizmatlarining sifati doimiy monitoring qilinadi

Telekommunikatsiya xizmatlarining sifati doimiy monitoring qilinadi

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida avtomatlashtirilgan monitoring tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim orqali mobil va boshqa aloqa tarmoqlarida doimiy monitoring olib borilmoqda.

Monitoring jarayonida:

  • telekommunikatsiya tarmoqlarida yuzaga kelayotgan uzilishlar;
  • mobil operatorlarning tayanch stansiyalaridagi nosozliklar;
  • mobil aloqa tarmoqlarining sifat ko‘rsatkichlari tizimli monitoring qilib boriladi.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi axborot xizmatining qayd etishicha, «Drive-test» moduli orqali radiomonitoring qilish jarayonida mobil aloqa operatorlari tarmoqlarining sifati joylarga chiqib o‘lchanadi. Olingan ma’lumotlar asosida xududlar kesimida tahlillar o‘tkaziladi va operatorlarga:

  • tarmoq ishonchliligini oshirish;
  • xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring