Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tez kunda «Jaloliddin Manguberdi» poyezdi Toshkent – Urganch – Xiva yo‘nalishi bo‘ylab qatnay boshlaydi

Tez kunda «Jaloliddin Manguberdi» poyezdi Toshkent – Urganch – Xiva yo‘nalishi bo‘ylab qatnay boshlaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birgalikda yurtimizga olib kelingan yangi «Hyundai Rotem» yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdida Samarqand shahridan Narpay tumaniga keldi.

Buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi nomi bilan atalgan ushbu poyezd mamlakatimizga yetkazib berilishi rejalashtirilgan oltita «Hyundai Rotem» poyezdlaridan birinchisi. Poyezd yetti vagondan iborat, soatiga 260 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.

Oynalari qoraytirilgan oq rangli tarkib O‘zbekiston bayrog‘ini eslatuvchi moviy, yashil va qizil rangli chiziqlar hamda «Jaloliddin Manguberdi» yozuviga ega. Poyezdning uzunligi 175 metrni, sig‘imi esa uchta – VIP, biznes va ekonom toifalarida 390 nafarga yaqin yo‘lovchini tashkil etadi.

Poyezd O‘zbekiston iqlimi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, changga, juda yuqori va juda past haroratlarga hamda qum bo‘ronlariga chidamli tizimlar bilan jihozlangan, uzoq masofalarga mo‘ljallangan.

Yaqin orada «Jaloliddin Manguberdi» poyezdi Toshkent – Urganch – Xiva yo‘nalishi bo‘ylab qatnay boshlaydi. Qatnov vaqti 7 soatni tashkil etishi kutilmoqda.

Safar chog‘ida davlatimiz rahbari viloyat faollari, mehnat faxriylari va ilg‘or yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.

Yurtimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, tobora ko‘payib borayotgan yirik loyihalar, odamlar farovonligi va qulayligi uchun amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslar haqida fikr almashildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring