Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu belgilar kasallik alomatlari bo‘lishi mumkin

Bu belgilar kasallik alomatlari bo‘lishi mumkin

Foto: «YouTube»

«Germania.one» yozishicha, dermatologlar tirnoqlaringizga qarab sizning qay darajada sog‘ ekanligingizni aytib berishlari mumkin: to‘g‘ri ovqatlanyapsizmi, buyraklaringizda muammo yo‘qmi va h.k.

Tirnoqlaringizni muntazam kuzatib boring: ulardagi ayrim o‘zgarishlar shifokorga murojaat qilish lozimligini anglatadi:

  1. Emfizema yoki boshqa o‘pka xastaliklariga yo‘liqqanlarda ko‘pincha «baraban tayoqchalari» simptomi kuzatiladi, ya’ni ularning qo‘l va oyoqlaridagi tirnoqlarining uchi qalinlashadi.
  2. Tirnoqlardagi kichik chuqurchalar va dog‘lar artrit, psoriatik artrit va dermatitdan darak beradi. Artrit bo‘g‘imlarga ta’sir qiladi, bundan tashqari, ko‘pincha terida dermatit sifatida paydo bo‘luvchi psoriaz bilan birga kechadi.
  3. Tirnoq plastinalarining yupqalashib, sinuvchan bo‘lib qolishi nosog‘lom ovqatlanish, organizmda vitaminlar yetishmovchiligini anglatadi.
  4. Tirnoqlardagi ko‘ndalang (gorizontal) chiziqlar organizmga zo‘riqish tushayotganini bildiradi. Bu ko‘pincha kimyoviy terapiya qabul qilganlarda uchraydi. Shuningdek, bu alomatlar og‘ir kasalliklar, jarohatlarni o‘tkazganlar, to‘yib ovqatlanmaydiganlarda, qolaversa, baland tog‘larda yashovchilar va aksincha, chuqur suv ostiga ko‘p tushuvchilarda ham uchraydi.
  5. Tirnoqlarda bo‘ylama (vertikal) chiziqlarning uchrashidan xavotirlanmasa ham bo‘ladi. Ayrim odamlarda bu nasliy xususiyat, yana birovlarda yoshi o‘tishi bilan paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, to‘yib ovqatlanmaydigan va organizmi vitaminlar ehtiyojmand kishilarda ham uchraydi.
  6. Organizmiga temir moddasi yetishmaydigan insonlarning tirnoqlari qoshiqcha shaklini oladi — yonlari aylanasimon rivojlanib, uch qismi pastga yoki to‘g‘riga emas, tepaga qarab o‘sadi.
  7. Tirnoq plastinasi ikki rangli bo‘lsa (bir tomoni ikkinchi tomonidan to‘q yoki ochroq tusda) buyrak va jigar foliyatida muammolar bo‘lishi mumkin.
  8. Tirnoqlar o‘z o‘rnidan teparoq ko‘tarilgan bo‘lsa, buyrak va qalqonsimon bezlarda muammo bo‘lishi mumkin.

Agarda yuqoridagi alomatlardan birontasini payqasangiz, o‘zingizga tashxis qo‘yishga yoki davolanishga urinmang. Albatta, mutaxassis-shifokorlarga uchrang, ular tegishli ko‘rsatmalarni berishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring