Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi
Poytaxt hokimligi aholini ogohlantirdi.
Toshkentda bir necha kun davom etadigan yog‘ingarchilik va shamol kuchayishi kutilmoqda.
Tuproqning haddan ziyod namlanishi oqibatida daraxtlarning ildiz tizimi zaiflashishi mumkin. Bu esa daraxtlar va yirik shoxlarning qulab tushish xavfini oshiradi, ayniqsa eski yoki qiyshaygan daraxtlar ko‘p bo‘lgan hududlarda.
Shu sababdan quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilish so‘ralgan:
- avtomobillaringizni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmang;
- shahar ko‘chalari va hovlilarda harakatlanayotganda ehtiyotkor bo‘ling;
- iloji boricha eski va qiyshaygan daraxtlar bor joylardan uzoqroq yuring;
- o‘zingizni, yaqinlaringizni va shaxsiy mol-mulkingizni asrang.
Favqulodda vaziyatlar yuz bersa, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish lozim: 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.
Tegishli shahar xizmatlari kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter