Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda odam organlari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Toshkentda odam organlari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida inson a’zolari va to‘qimalarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ikkinchi qismi bilan sudlangan, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan jinoiy til biriktirib, oson pul topish maqsadida internet tarmoqlarida insonlarda rahm-shafqat uyg‘otuvchi videolar tarqatib kelgan.

Tezkor tadbirlar davomida ushbu shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali inson a’zolari va to‘qimalarining noqonuniy savdosi bilan muntazam shug‘ullangani, mijozlarni operatsiya qilish uchun Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida joylashgan Istiqlol klinikasiga olib borgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, u o‘zi ham buyrak ko‘chirish operatsiyasini amalga oshirgani, ushbu noqonuniy faoliyatni tashkil etishda unga yordam bergan sheriklari borligi aniqlangan. Ular orasida Telegram, Instagram va YouTube kabi ijtimoiy tarmoqlarda kanal yurituvchi shaxs ham faol ishtirok etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 133-1-moddasi ikkinchi qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring