Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda sher bolalarini 6 ming dollarga pullayotganlar ushlandi

Toshkentda sher bolalarini 6 ming dollarga pullayotganlar ushlandi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Toshkentda 2 bosh sher bolasini  pullayotgan fuqarolar qo‘lga olindi, deya xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Shayxontohur tumanida  fuqarolar N.A., A.Z., R.D. va A.A.larni  2 bosh sher bolalarini 6 ming AQSh dollariga pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olganlar.

Biroz avvalroq, Yakkasaroy tumanida talonchilik qilgan shaxs ushlangani xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring