Urbanizatsiya qo‘mitasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Orifjon Olimovich Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Nozimbek Mansurbekovich Rustambekov mazkur qo‘mita raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2025 yil 20 noyabrdagi qarori bilan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi faoliyati tashkil etilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter