Xorazmda ko‘p qavatli uy «egasi» qariyb 10 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagan
Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi ko‘p qavatli uyda 9,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Hazorasp tumanida gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida qoida buzilish holati aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi «Pahlavon Mahmud» MFYda joylashgan «H.Q.I.» MChJga qarashli ko‘p qavatli uy xatlovdan o‘tkazilganda, ta’minot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, loyiha-texnik hujjatlarini soxtalashtirib, «zangori yoqilg‘i»dan noqonuniy foydalanib kelinayotgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 9 milliard 987 million so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilingan. Hozirda barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter