Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir avtobloger faoliyatini tugatdi

Yana bir avtobloger faoliyatini tugatdi

Yaqinda Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi ikki nafar bloger IIB xodimlari bilan tortishuvdan keyin bezorilikda ayblanib, har biri 5 sutkadan ma’muriy qamoq bilan jazolangandi.

Blogerlarning ta’kidlashicha, ular IIB xodimlariga nisbatan qo‘pollik, haqorat qilishmagan. Gaplari isboti o‘laroq bodikamerani ko‘rishni aytishgan. Blogerlar ishi shu kunning o‘zida Shahrisabz shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan va jazo tayinlangan.

Jazo muddatini o‘tab chiqqan Maqsud Muzaffarov avtoblogerlik faoliyatini tugatishga qaror qilganini e’lon qildi.

«Menga ota-onamning istak-xoxishi hamma narsadan muhim. Men bilan shu vaqtgacha yelkama-yelka turgan barchaga rahmat», deb yozuv qoldirgan u.

Bu avtoblogerlikdan voz kechilgan birinchi holat emas, bir yarim yilcha avval taniqli avtobloger Bobur G‘aniyev ham faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. U ham IIB xodimlari bilan yuzaga kelgan ziddiyatdan so‘ng o‘n besh sutkaga qamalgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring