Koronavirusning yangi shtammi tez yuqadi va og‘ir kechadi

AOKAda «O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik» mavzusida matbuot anjumani tashkil etilgani haqida xabar bergandik.
Unda JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Liann Kuppens yangi shtamm haqida to‘xtaldi:
«COVID-19 ning yangi shtammi oldingilariga nisbatan tez yuquvchan bo‘lib, kasallik og‘ir kechishi bilan ajralib turadi. Shu bois biz Markaziy Osiyoda ushbu kasallik xuruji nazoratdan chiqib ketmasligi uchun harakat qilishimiz kerak.
O‘zbekiston hukumati shu paytga qadar koronavirus bilan samarali kurashib kelmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan natijador tadbirlar amalga oshirilyapti.
Shu bois karantin choralarini kuchaytirish talab etiladi. Eng asosiysi — niqob taqish, gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda ijtimoiy masofa saqlashdir», — dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter