Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi qabristonlarda hashar o‘tkazdi (foto)

Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi qabristonlarda hashar o‘tkazdi (foto)

Foto: Yong‘in xavfsizligi instituti matbuot xizmati

Qurbon hayiti har yili mamlakatimizda qutlug‘ bayram sifatida kutib olinadi.

Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi tomonidan joriy yilning mart oyidan boshlab har haftaning shanba va yakshanba kunlari Sergeli, Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar, yakka yolg‘iz hamda nogiron fuqarolarning xonadonlarida, Mehribonlik uylarida, Olmazor tumanidagi «Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati» hamda Ohangaron tumanidagi «Saxovat» keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida hasharlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yil 10-avgust kuni Institut xodimlari va kursantlari ushbu ezgu va xayrli an’anani davom ettirgan holda Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan qabristonlarda (shu jumladan, rus va koreys xalqlarining qabristonlarida) uyushqoqlik bilan hasharlar o‘tkazdi.

Foto: Yong‘in xavfsizligi instituti matbuot xizmati

Hasharda Institutning doimiy va o‘zgaruvchan tarkibidan jami 100 nafarga yaqin xodim va kursantlar ishtirok etdi.

Hashar davomida Sergeli tumanining qabristonlarida obodonlashtirish, ariqlarni tozalash, hududni tartibga keltirish, qabriston hududlari chiqindilardan tozalash ishlari, qabrlar atrofi esa yovvoyi o‘tlar va shoxlardan tozalash kabi ishlar amalga oshirildi.

Foto: Yong‘in xavfsizligi instituti matbuot xizmati

Azaldan «Qurbon hayiti» bayramini mehr-oqibat, xayr-saxovat, ezgulik va yaxshilik ayyomi sifatida qadrlaymiz. Ushbu ayyom oldidan uyushtirilgan mana shunday ezgu amallar har doim ham dillarga xushnudlik bag‘ishlagan bugungi xayrli hasharlar buning yana bir yorqin isboti bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi FVV
Yong‘in xavfsizligi instituti
matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring