Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yugurishni boshlash uchun besh sabab

Yugurishni boshlash uchun besh sabab

Qandli diabet 90 foiz holatda semizlik tufayli kelib chiqadi.

Foto: «Istockphoto.com»

Yugurish inson hayoti uchun foydali ekani haqida ko‘p eshitganmiz yo o‘qiganmiz. Ammo aynan qaysi jihatlari bilan va nechog‘liq foydali ekanini barcha ham birdek bilmasligi tabiiy. Quyidagi besh fakt esa yugurish kishining rostdan ham kuchli va sog‘lom bo‘lishiga yordam berishi haqida. 

Yugurish — qandli diabetga qarshi

Yugurish bilan muntazam shug‘ullanish qondagi qand miqdorini me’yorlashtirishga yordam beradi hamda hujayralarning insulinga nisbatan sezuvchanligini oshiradi, gemoglobin darajasini ko‘taradi.

Foto: «Istockphoto.com»

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qandli diabetga chalinish 90 foiz holatda semizlik tufayli kelib chiqadi. Aynan shuning uchun ham yugurish ushbu kasallikdan yiroq bo‘lishda qo‘l keladi.

Yugurish va muskullar

Yugurish bilan shug‘ullangan kishi tanasining muskullari yaxshilanadi. Inson yugurayotgan paytda faqatgina uning qo‘llariga yetarlicha bosim tushmaydi, ammo boshqa mushaklar — bel, oyoq, yelka juda yaxshi mashq qiladi. Ayniqsa, sprint va interval yugurishlar juda ham samarali.

Ozish uchun yugurish

Yugurish — ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun eng yaxshi vosita.

Maslahat: Esda tuting, yugurish orqali vaznni normallashtirish va tanani ko‘rkamlashtirish uchun mashg‘ulot vaqti 30 daqiqadan kam bo‘lmasligi lozim.

Agar yugurish bilan har kuni 15-20 daqiqadan muntazam shug‘ullansangiz moddalar almashinuvi yaxshilanadi.

Hayot uchun yugurish

Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi keng ko‘lamli o‘rganishlar natijasida shunday xulosaga keldi: yugurishni odat qilgan kishi har qanday holatdagi o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi, yurak faoliyati bilan holatlarni esa 45 foizgacha! Hattoki, chekuvchi, ichuvchi yoki ortiqcha vaznga ega odamlar ham bundan mustasno emas.

Xotirjamlik uchun yugurish

Fanda yugurish bilan 20 daqiqa davomida shug‘ullanish — inson organizmida baxt garmonlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi isbotlangan. Shuning uchun ham yugurish nafaqat tana uchun foydali, balki sizga xotirjamlik baxsh etadi, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi, turli xavotirlarni bartaraf etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring