Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuqori havo harorati olti kishi umriga zomin bo‘ldi

Yuqori havo harorati olti kishi umriga zomin bo‘ldi

Foto:«South China Morning Post»

Kanadaning Monreal shahrida havo harorati ko‘tarilishi tufayli 6 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Masrawy.com» xabar bermoqda.

Monreal shahri sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Melin Darveynning aytishicha, 2010 yili sodir bo‘lgan voqea takrorlanmasligi uchun rahbariyat havo harorati ko‘tarilganda qanday harakat qilish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borayapti.

2010-yili  Monrealda havo isib ketishi tufayli 106 kishi halok bo‘lgan edi.

Shahar hokimi Valeriy Blunt shahardagi tashkilotlarga 17 ming litr suv tarqatilganini, suzish havzalari va suv sporti majmualarining ish vaqti uzaytirilganini ma’lum qildi.

Markaziy va Sharqiy Kanadada bir necha kundan beri issiq ob-havo kuzatilayapti.

Monreal sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari issiq ob-havodan ziyon ko‘rib, «tez yordam» chaqirayotganlar soni ortib ketganini inobatga olib, shaharda «tez yordam» mashinalari sonini keskin oshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring