Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MTJ oktyabrda ikkita o‘yin o‘tkazadi

O‘zbekiston MTJ oktyabrda ikkita o‘yin o‘tkazadi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston milliy jamoasining oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘tkazadigan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

OFK kalendariga muvofiq, oktyabr oyi avvalida milliy jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi ushbu muddat mobaynida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.

Yig‘in davomida Srechko Katanets shogirdlari 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabrda esa Iordaniya milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi 5 sentyabr kuni Katanets qo‘l ostidagi dastlabki bahsida Shvetsiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring