Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokio-2020: Tasmuradov yutqazib qo‘ydi, Mo‘minjon Abdullayevda tezkor g‘alaba

Tokio-2020: Tasmuradov yutqazib qo‘ydi, Mo‘minjon Abdullayevda tezkor g‘alaba

Foto:«Olympic.uz»

Bugundan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida yunon-rum kurashi ustalari bahslarga kirishdi. Vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib Elmurat Tasmuradov kurash olib bordi.

-60 kg vazn toifasida kurashayotgan polvonimiz dastlabki davrani ukrainalik Lenur Temirovga qarshi o‘tkazdi. Murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan bahs ukrainalik kurashchining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Endi Temirov finalga yetib borgan taqdirda Tasmuradov bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.

Yana bir klassik kurashchimiz Mo‘minjon Abdullayev (130 kg) Tokio-2020 Olimpiadasi doirasidagi o‘z uchrashuvini o‘tkazdi. Hamyurtimiz birinchi davrada estoniyalik Artur Vitininga qarshi gilamga chiqdi.

Tajriba bobida ustun bo‘lgan vakilimiz ushbu bahsni o‘z foydasiga hal qilish uchun atigi 31 soniya sarfladi xolos. Yakuniy hisob 8:0. Endi Abdullayev keyingi davrada Chili va Tunis vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kurashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring