Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Berni Sanders AQSh prezidenti bo‘lishga urinib ko‘radi

Berni Sanders AQSh prezidenti bo‘lishga urinib ko‘radi

Foto: «Reuters»

Vermont shtatidan senator Berni Sanders 2020-yili AQSh prezidetligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovlarda qatnashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Yahoo News» xabar berdi.

Internet-nashr xabariga ko‘ra, siyosatchi o‘z rejasini yaqin orada e’lon qiladi.

Sanders bir necha oy davomida kelgusi saylovlarda qatnashish haqida o‘yladi va jamoatchilik fikri natijalari unda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirdi, deyiladi xabarda.

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp 2020-yilning 3-noyabrida o‘tkaziladigan saylovlar arafasida o‘ziga munosib raqibni ko‘rmayotganini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratlar tomonidan nomzodini ilgari surish uchun Berni Sanders sobiq davlat kotibi Hillari Klinton bilan raqobatlashgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring