Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pep Gvardiola falastinliklar haqida: «Biz ularni yolg‘iz tashlab qo‘ydik»

Pep Gvardiola falastinliklar haqida: «Biz ularni yolg‘iz tashlab qo‘ydik»

Barselonadagi Palau Sant Jordi saroyida Falastinni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan xayriya  tadbiri bo‘lib o‘tdi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilgan mazkur tadbir xalqaro ACT X PALESTINE kampaniyasining bir qismi bo‘lib, Falastin xalqi duch kelayotgan gumanitar inqirozga jamoatchilik e’tiborini qaratishni maqsad qilgan.

Kechaning eng asosiy voqealaridan biri Pep Gvardiolaning nutqi bo‘ldi. Unda mashhur murabbiy Falastinni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Gvardiola mojarolardan jabr ko‘rayotgan tinch aholi, xususan bolalarning azob-uqubatlariga befarq bo‘lmaslik zarurligini ta’kidladi.

U o‘z nutqida vayronalar ostida qolgan, oilalaridan judo bo‘lgan bolalar haqida ta’sirli fikrlarni bildirgan.

«Men ana shu kadrlarda onasidan yordam so‘rab, vayronalar ostida qolgan bolani ko‘rganimda ichimdan nimalar o‘tganini tasvirlab bera olmayman… Biz ularni yolg‘iz tashlab qo‘ydik», — dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.

Gvardiolaning Falastin xalqiga sadoqati

2025 yilning 18 noyabr kuni Luis Kompans nomidagi Olimpiya stadionida Kataloniya va Falastin terma jamoalari o‘rtasida xayriya uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. O‘sha kuni 30 mingdan ortiq tomoshabin bayroqlar ko‘tarib, Falastin ozodligi uchun kuylashgandi.

Pep Gvardiola ushbu o‘yinni oddiy sport tadbiridan ancha ulug‘roq deb atadi. «Bu shunchaki ramziy o‘yin emas. Bu uchrashuv orqali falastinliklar dunyoda ular haqida o‘ylaydigan odamlar borligini his qilishadi», — degandi u.

Shuningdek, u xalqaro hamjamiyatni Falastinga nisbatan xiyonatda aybladi: «Dunyo Falastinni yolg‘iz qoldirdi. Biz mutlaqo hech narsa qilmadik. Ular u yerda tug‘ilgani uchun aybdor emas. Barchamiz butun xalqning yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ydik. Ularga katta zarar yetdi va buni orqaga qaytara olmaymiz».

Kataloniyalik murabbiy G‘azodagi zo‘ravonliklarga nisbatan siyosiy yetakchilarning sukut saqlayotganini keskin tanqid qildi. «G‘azoda ommaviy qirg‘inni kimdir himoya qilishi mumkinligini tasavvur ham qila olmayman. U yerda bizning bolalarimiz ham bo‘lishi mumkin edi», — deydi g‘azab bilan.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da Pep Gvardiola murabbiyligida to‘p suradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring