Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qiyomat soati» millari yadroviy tunga rekord darajada yaqinlashdi

«Qiyomat soati» millari yadroviy tunga rekord darajada yaqinlashdi

Mashhur «Qiyomat soati» 23-yanvar kuni to‘rt soniya oldinga siljitildi. Endi insoniyatni «yadroviy yarim tun»dan ramziy ravishda 85 soniya ajratib turibdi

Bu har qachongidan ham yaqinroq, dedi Chikago universiteti tomonidan nashr etiladigan «Atom olimlari byulleteni» jurnalining bosh direktori Aleksandra Bell. 

«Insoniyat barchamizga tahdid soladigan xavflarni bartaraf etishda yetarlicha yutuqlarga erisha olmadi», — dedi Bell xonim ( uning so‘zlari «Atom olimlari byulleteni» ning Youtube kanalida efirga uzatildi). 

«Atom olimlari byulleteni» har yili Qiyomat soati vaqtini e’lon qiladi. O‘tgan yili soat bir soniya oldinga siljib, yarim tungacha 89 soniya qo‘yildi. Bu an’ana 1947-yilda boshlangan. Soatda yarim tungacha qolgan vaqt dunyodagi keskinlik darajasini va yadroviy qurol ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishini anglatadi. Yarim tun yadroviy falokat lahzasini anglatadi.

Soat millari 35 yil oldin falokatdan eng uzoqda edi — 1991-yilda ular yarim tungacha 17 daqiqa qolganini ko‘rsatgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring