Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Sa’dullayev Yoshlar ittifoqi raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Alisher Sa’dullayev Yoshlar ittifoqi raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: «yi.uz»

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergandik.

Bugun, 27-oktyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Yoshlar yetakchisi raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 26 oktyabr kuni Yunusobod tumaniga tashrifi davomida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparatining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mahalliy, hududiy va Markaziy Kengashlari apparati hamda muassisligidagi tashkilotlarning shtatlar jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari hal etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tarkibiga o‘zgartirish kiritish va Markaziy Kengash raisning o‘rinbosarlarini tayinlash borasida amaliy ishlar ko‘rildi.

Yig‘ilishda 24 yoshli Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring