Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin o‘zbekistonlik migrantlarga taalluqli farmonni imzoladi

Putin o‘zbekistonlik migrantlarga taalluqli farmonni imzoladi

Foto: «gazeta.ru»

Rossiya prezidenti mamlakat hududida noqonuniy bo‘lib turgan mehnat migrantlariga 2021 yilning 30 sentyabriga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat beruvchi tegishli farmonni imzoladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish chorlari qo‘llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.

Avvalroq, Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 2021 yil 15 iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berilgani aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring