Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari tuman tufayli zahira aeroportlarga qo‘ndirildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari tuman tufayli zahira aeroportlarga qo‘ndirildi

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasining Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyotlari zahira aeroportlariga yo‘l olgan. Bunga poytaxtdagi qalin tuman sabab bo‘ldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Parij – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan «Boeing 757» samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga, Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan Turkiyaning «Airbus A-330» samolyoti esa Navoiy xalqaro aeroportiga qo‘ndirildi.

Eslatib o‘tamiz, shuningdek 2-mart kuni O‘zbekiston samolyoti Rossiyaning Pulkovo aeroportida qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va «O‘zbekiston havo yo‘llari» mazkur masala yuzasidan anjuman o‘tkazib, voqea sabablariga izoh bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring