AQSh Pokiston vositachiligida Eronga 15 punktdan iborat reja yuborgan – NYT
Vashington Tehronga Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtatish bo‘yicha 15 punktdan iborat reja taqdim etgan. New York Times nashrining ta’kidlashicha, bu qadam Tramp ma’muriyati ziddiyatdan chiqish yo‘lini izlayotganini ko‘rsatadi.
Reja bir necha asosiy masalalarni, jumladan, Eronning yadroviy va raketaviy dasturi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni tiklash hamda energiya ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etishni qamrab oladi.
Ayniqsa, Ho‘rmuz masalasi muhim hisoblanmoqda. Chunki uning bloklanishi neft va gaz bozorida keskin sakrashlarga olib kelgan.
Nashr, reja Tehronga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki Pokiston orqali yetkazilganiga va u ikki davlat o‘rtasida diplomatik vositachi sifatida qatnashganiga e’tibor qaratgan.
Shu bilan birga, Donald Tramp avvalroq muzokaralarni «samarali» deb baholab, Eron energetika ob’yektlariga zarbalarni 5 kunga kechiktirganini aytgandi.
Biroq Eron bu ma’lumotlarni rad etmoqda. Parlament spikeriga ko‘ra, hech qanday muzokara bo‘lmagan va bu kabi xabarlar bozorlarga ta’sir qilish uchun tarqatilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter