Beeline Uzbekistan 2025 yilda Qashqadaryo viloyatida tarmoq rivojlanishi yakunlarini sarhisob qildi
2025 yil yakunlariga ko‘ra, Beeline Uzbekistan Qashqadaryo viloyatida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish natijalarini e’lon qildi. Yil davomida amalga oshirilgan loyihalar mobil tarmoq qamrovini kengaytirish, aloqa barqarorligini oshirish hamda mobil internet sifatini yaxshilash imkonini berdi. Natijada, ilgari borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari ham sifatli aloqa bilan ta’minlandi.
Yil davomida viloyatda 35 ta yangi aloqa ob’yekti qurilib, foydalanishga topshirildi, shuningdek 50 ta baza stansiyasi modernizatsiya qilindi. Bu esa tarmoq yanada barqaror ishlashi, ma’lumot uzatish tezligining oshishi hamda shahar va qishloq hududlarida ishonchli aloqa kuchayishini ta’minladi.
Muborak tumanining Niyozxon va Koson tumanining Bo‘ston qishlog‘i ilk bor barqaror mobil aloqa bilan ta’minlandi. Avval ushbu hududlarda mobil aloqa imkoniyati cheklangan edi. Ushbu hududlar aholisi uchun bu raqamli imkoniyatlardan keng foydalanish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi — kundalik muloqotdan tortib onlayn xizmatlar va davlat raqamli platformalaridan foydalanishgacha.
«Hududlarda tarmoqni rivojlantirishda biz birinchi navbatda aholining real ehtiyojlarini e’tiborga olamiz. 2025 yilda qamrovni kengaytirish va tarmoq barqarorligini eng zarur hududlarda oshirishga e’tibor qaratdik. Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilgan loyihalar xizmatlar rivoji va aloqa sifatini yanada oshirish uchun mustahkam zamin yaratdi», — dedi Beeline Uzbekistan’ning Texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktori Gediz Sezgin.
Infratuzilmani rivojlantirish bilan bir qatorda, kompaniya abonentlar uchun xizmatlar qulayligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratdi. 2025 yilda Beeline Uzbekistan G‘uzor, Chiroqchi va Yakkabog‘ shaharlarida uchta yangi ofisini ishga tushirdi. Ushbu ofislarda mijozlar ulanish, maslahat olish va raqamli mahsulotlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘liq xizmatlar majmuasidan foydalanishlari mumkin. Mobil savdo nuqtalari va promouterlar borish qiyin bo‘lgan hududlarda va yangi baza stansiyalari yaqinida aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta’minladilar.
Tarmoq va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga kompleks yondashuv sezilarli natija berdi: mintaqada abonentlar murojaatlari soni 5 baravar kamaydi, bu aloqa sifati va amalga oshirilgan yechimlar samaradorligi oshganidan dalolat beradi.
Beeline Uzbekistan haqida
Beeline Uzbekistan («Unitel» MChJ) 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab ushbu savdo belgisi ostida raqamli operator sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya mamlakatdagi yirik soliq to‘lovchilardan biri bo‘lib, O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2,1 milliard AQSh dollari miqdorida soliq to‘lagan. 2 000 dan ortiq xodimga ega Beeline Uzbekistan Top Employer 2024 va 2025 sertifikatiga sazovor bo‘lgan.
Beeline Uzbekistan VEON Group tarkibiga kiradi. VEON 2006 yildan buyon O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga 1,6 mlrd AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritgan.
VEON – 150 milliondan ortiq aloqa xizmati mijozlari va taxminan 120 million oylik faol raqamli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan raqamli operatordir. Kompaniya dunyo aholisining 6% dan ortig‘i istiqomat qiladigan 5 mamlakatda faoliyat yuritadi va texnologiyalarga asoslangan xizmatlari orqali insonlarning hayotini o‘zgartirib, iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shmoqda. VEON bosh qarorgohi Dubayda joylashgan bo‘lib, aksiyalari NASDAQ birjasida sotiladi. Batafsil ma’lumot: www.veon.com.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
X: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter