Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Biz NATO parchalanishini kuzatyapmiz» – alyansning sobiq bosh kotibi

 «Biz NATO parchalanishini kuzatyapmiz» – alyansning sobiq bosh kotibi

NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Yevropa davlatlarini yangi mudofaa ittifoqi tuzishga chaqirdi.

«Hozir kuzatayotganimiz – NATOning parchalanishidir», – dedi u WELT nashriga bergan intervyusida.

Rasmussenning ta’kidlashicha, Yevropa o‘z xavfsizligini mustaqil ta’minlashga tayyor bo‘lishi kerak. Uning fikricha, yangi mudofaa rejalari ishlab chiqilishi, harbiy imkoniyatlar kengaytirilishi hamda Ukraina esa kelajak xavfsizlik tizimining doimiy qismi bo‘lishi lozim.

Sobiq bosh kotib Ukraina qisqa vaqt ichida yangi qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqishda katta sur’at ko‘rsatayotganini ta’kidlab, «Bizga Rossiyaga qarshi qalqon sifatida Ukraina kerak», dedi.

Ma’lumot uchun, Anders Fog Rasmussen 2009–2014 yillarda NATO bosh kotibi lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring