Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biz oqlandik: men, qizim, o‘g‘lim...

Biz oqlandik: men, qizim, o‘g‘lim...

Kollaj: «Xabar.uz»

Hukm odil sudlovning muhim hujjati hisoblanadi. 

Shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinligiga rioya qilinishi, hukmning qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishiga bog‘liq. Qonunning barcha talablariga rioya qilingan holda chiqarilib, qonuniy kuchga kirgan sudning hukmi bo‘lmay turib, hech kim jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi mumkin emas.

Biroq, sudning hukmi g‘ayriqonuniy bo‘lib, shaxsning huquq va erkinliklarini cheklasa, eng achinarlisi, davlat idorasi bilan munosabatlariga nuqta qo‘yib, fuqaroligidan mahrum etsa-chi?!

Bunday hukmdan shaxs qanday ahvolga tushadi?

Eng achinarlisi, hukm bitta xonadoning uch nafar a’zosiga taalluqli bo‘lsachi?!

Men bundan taxminan 11 yil muqaddam sudning hukmi bilan go‘yoki respublikamiz hududiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga ega chiqib, qalbaki hujjatdan foydalanib kelishlikda ayblangandim.

Xuddi shu tarzda o‘g‘lim va qizim ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga g‘ayriqonuniy tarzda ega bo‘lib, qalbaki hujjatdan foydalanib kelishda ifodalangan qilmishni sodir etishda aybli deb topilgandi.

Sud qaroriga ko‘ra, bizning fuqarolik pasportimiz Yangiyer shahar IIB pasport bo‘limi tomonidan bekor qilindi...

Shu tariqa «begona»ga aylandik-qoldik.

Bu orada aybsizligimizni isbotlash uchun necha bor urindik. Murojaat qilmagan joyimiz qolmadi.

Oradan o‘n bir yil o‘tdi.

Nihoyat, mamlakat rahbarligiga kelgan Shavkat Mirziyoyevning xalqchil siyosati sabab O‘zbekistonda yangilanish boshlandi. Yangilanishning ilk hosilasi sifatida qonun ustuvorligi amalda ta’minlanishi ko‘rina boshlandi.

Shu qatorda mening shikoyatim ham nazorat tartibida ko‘rilib, qayta apellyasiya instansiyasiga yuborildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudi apellyasiya instansiyasining 2019-yil 7-maydagi qarori bilan men, o‘g‘lim va qizimga oid jinoyat ishi JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan xarakatdan tugatilib, biz oqlandik va mutlaqo aybsiz deb e’tirof etildik.

Yangiyer shahar IIB zimmasiga bizlar uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini berish masalasi yuklandi.

Men shu bugungi kunda sud-huquq islohotlari o‘zining ijobiy samarasini berayotganligini shaxsan butun oilam va yaqin qarindoshlarim bilan birga olqishlayman hamda sudlarning  adolat qo‘rg‘oniga aylanayotganiga ishonaman.

Men inson manfaatlari yo‘lida sud-huquq tizimidagi islohotlarni boshlab bergan Prezidentimizga, shuningdek sudlarni haqiqiy adolat qo‘rg‘oniga aylantirishda jonbozlik ko‘rsatayotgan Oliy sud rahbariyati, Sirdaryo viloyat sudi sudyalariga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Xudoyqul Egamberdiyev, Yangiyer shahri

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring