Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mashhur blogerlarga O‘zbekistonga tekin turpaket beriladi

Mashhur blogerlarga O‘zbekistonga tekin turpaket beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Yig‘ilishda mahalliy turoperatorlar uchun ham yangiliklar e’lon qilindi

Xususan, 1-apreldan boshlab turoperatorlarga uch oy davomida jalb qilingan 1 ming xorijiy turist uchun budjetdan 5 ming dollargacha subsidiya beriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi «keshbek» sifatida qaytariladi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq kuzatuvchisi bo‘lgan 50 ta xorijiy blogerga O‘zbekistonga kelishi uchun yetti kunlik bepul turpaket taqdim etiladi.

Dunyodagi eng yirik onlayn sayyohlik platformalarida O‘zbekistonga sayohat targ‘iboti bilan bog‘liq xarajatlar ham qoplab beriladi. 

Joriy yilning o‘zida dunyoga mashhur bo‘lgan kamida 5 ta san’atkorning gastrolini, shuningdek, 10 ta biznes forumi va moda festivalini Samarqandda o‘tkazish muhim ekani ta’kidlandi. 

Shu bilan birga, Samarqandni aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha olimpiada, forum va ilmiy konferensiyalar o‘tkazadigan xabga aylantirish uchun barcha imkoniyatlar borligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Masalan, 2028-yilda Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressida hozirning o‘zida yuzdan ortiq davlatdan 10 mingga yaqin odam ishtirok etish istagini bildirgan. 

Mutasaddilarga mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tashkilotlar bilan ishlab, maxsus dastur ishlab chiqish topshirildi. 

Bu imkoniyatlar hisobiga Samarqandga yil yakunigacha 6 million turist olib kelish maqsadi belgilab olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring