O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarish 4 mlrd kVt/soatga yetdi
O‘zbekistonda 2026-yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 4 milliard kVt/soatga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29 foizga ko‘pdir.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 14-may kuni soat 18:00 holatiga:
- quyosh fotoelektr stansiyalari 2 mlrd 315 mln kVt/soat;
- shamol elektr stansiyalari 1 mlrd 685 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqargan.
Ma’lum qilinishicha, bundan 24 kun avval — 20-aprel kuni mazkur ko‘rsatkich 3 milliard kVt/soatni tashkil etgan edi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yil boshidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali 1 mlrd 66 mln kub metr tabiiy gaz tejalgan. Atmosferaga 2,3 mln tonna zararli moddalar chiqarilishining oldi olingan.
Shuningdek, gidroelektr stansiyalar ham qo‘shilganda, O‘zbekistonda yil boshidan buyon «yashil» energiya ishlab chiqarish hajmi 6 mlrd 160 mln kVt/soatga yetgan.
Bu orqali 1,6 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalgan hamda atmosferaga 3,4 mln tonnadan ortiq zararli moddalar chiqarilishining oldi olingan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 4,4 mln xonadonning 4,5 oylik yoki 1,6 mln xonadonning bir yillik ehtiyojini qoplashga yetadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter