Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent yuridik kolleji sobiq direktorining sudi boshlandi

Toshkent yuridik kolleji sobiq direktorining sudi boshlandi

Foto: O‘zA

Bugun, 16-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida Toshkent yuridik kolleji sobiq direktori N.Temirovaning jinoyat ishiga oid sud jarayoni boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu voqeaga e’tibor qaratib, kollej sobiq direktori Temirova ushbu holatga yo‘l qo‘ygani hamda juda ko‘p miqdorda kollej mablag‘larini o‘zlashtirish, mansabini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlarni sodir etgani uchun bugun qonun oldida javob beryapti, deb qayd etgan.

Sodir bo‘lgan mudhish voqeadan keyin Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur kollejda tekshirish o‘tkazdi. Natijada bu o‘quv maskanida boshqa jinoyatlar sodir bo‘layotgani ham aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Mazkur jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanayotgan N.Temirovaga nisbatan 2017-yil 25-noyabr kuni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari dars vaqtida kollej hovlisida o‘zaro janjallashib, pichoqbozlik qilishi oqibatida ularning biri vafot etgan, biri esa og‘ir tan jarohati olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring