Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 80 yil avval yo‘qolgan katta xazina topildi

Toshkentda 80 yil avval yo‘qolgan katta xazina topildi

Foto: «Kun.uz»

O‘zbekiston milliy universiteti olimlari poytaxtimiz markazidagi eski binolardan birining yerto‘lasida olib borilgan qidiruv vaqtida shu bino yerto‘lasidan 80 yillar avval yo‘qolgan qiymati 1 million AQSh dollaridan ortiq qiymatga ega xazina topishdi. Bu haqda «Kun.uz»da fotoreportaj e’lon qilindi.

Bino 1870-yillarda qurilgan bo‘lib, uning yerto‘lasi ostida yana bir yashirin hujra mavjud bo‘lgan. Bu hujraga tushish joyi ko‘milib ketganligi sababli salkam 80 yil bu haqida hech kim bilmagan.

Noyob san’at asarlari, 8 kg.lik oltin quymalar, oltin, kumush tanga va idishlar, oltin bilan bezatilgan va har birining narxi 150 ming AQSh dollari turadigan qimmatbaho kitoblar, burjuaziya uslubida ishlangan buyumlar, Toshkent shahridagi XIX asr avliyo Yevangel protestantlar va xristian provaslavlar cherkovlari devorlariga ishlangan qadimiy suratlar, ikonalar, qimmatli metalldan yasalgan buyumlar shular jumlasidandir.

Hozirda topilmalar muzeyga olib kelinmoqda. Ayrim topilmalar restavratsiya ishlarini olib borish uchun Germaniya va polshalik mutaxassislar guruhidan iborat maxsus laboratoriyaga topshirilishi rejalashtirilgan.

Hozircha topilmalari aniq soni, nomi va qiymati to‘liq e’lon qilingani yo‘q. Hozirgi kunda qidiruv ishlari hali davom etmoqda. Ushbu topilmalar tarixiy ahamiyatga molik yodgorlik bo‘lganligi sababli davlat muhofazasiga olingan.

Topilgan noyob va bebaho kitoblar nafaqat O‘zbekiston, balki jahonning mashhur muzeylarini ham bezashga arziydigan katta xazinadir, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring