Trampning maxsus vakili Serxio Gor O‘zbekistonga keladi
AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serxio Gor 3-7-fevral kunlari O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. U B5+1 biznes forumida ishtirok etadi va biznes vakillari hamda hukumat amaldorlari bilan uchrashadi.
AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berishicha, AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serxio Gor 3-7-fevral kunlari Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Bishkekda Serxio Gor B5+1 biznes forumida ishtirok etadi va u yerda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning yetakchi biznes vakillari va hukumat amaldorlari bilan uchrashadi.
«Bishkek va Toshkentda elchi Gor ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganish uchun yuqori lavozimli amaldorlar bilan ham uchrashadi. Qo‘shma Shtatlar Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga va butun mintaqada barqarorlik va farovonlikni ta’minlaydigan innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga sodiqdir», deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
Serxio Gor oxirgi marta O‘zbekistonga 2025-yil oktyabr oyida kelgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter