«Vatanparvar o‘g‘ri» qishki Olimpiadada qo‘lga tushdi
Italiyadagi qishki Olimpiadada 16 yildan beri qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi qo‘lga olindi.
Qidiruvdagi shaxs Milanga o‘z vatandoshlari — slovakiyalik xokkeychilarga muxlislik qilish uchun kelgan edi. 44 yoshli erkak 2010-yildan buyon politsiyadan yashirinib yurgan. U bir qator do‘konlarda o‘g‘irlik sodir etgani uchun 11 oy-u 7 kunlik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Karabinerlar «vatanparvar o‘g‘ri»ni Milan atrofidagi mehmonxonalardan birida hibsga olishdi.
Slovakiya terma jamoasi esa Olimpiya o‘yinlarini muvaffaqiyatli boshlab, Finlyandiya ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter