Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy sohillari yaqinida 58 qavatli uy balandligidagi shamol turbinasi ishga tushirildi

Xitoy sohillari yaqinida 58 qavatli uy balandligidagi shamol turbinasi ishga tushirildi

Foto: CMG

Xitoyning «Uch dara» korporatsiyasi quvvati 20 megavattga teng dunyodagi ilk dengiz shamol generatorini ishga tushirdi. Turbina Futszyan provinsiyasi janubi-sharqida, sohildan 30 kilometr olisda, dengizning 40 metrdan chuqur qismida o‘rnatilgan.

Turbina ustuni balandligi 174 metr yoki 58 qavatli bino balandligiga teng. Uning rotori diametri 300 metrni tashkil etadi, aylanish maydoni 10 ta standart futbol maydoni kattaligida.

Odatiy ishlash sharoitida turbina yiliga 80 million kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu 44 mingta xonadonni yil davomida energiya bilan ta’minlash uchun yetarli.

Ma’lumot berilishicha, yangi qurilma yiliga taxminan 22 ming tonna ko‘mirni tejash imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring