Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Damashqda IShID rahbarlaridan biri qo‘lga olindi

Damashqda IShID rahbarlaridan biri qo‘lga olindi

Suriya Ichki Xavfsizlik Kuchlari Damashq chekkasida IShID terrorchi guruhi yetakchisini qo‘lga oldi, deb xabar berdi SANA axborot agentligi

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur shaxs Damashqdagi IShID bo‘linmasining yetakchisi deb hisoblangan Tahi az-Zubidir. 

Suriya Ichki Ishlar Vazirligi Damashq gubernatorligi rahbari general Ahmad al-Dalatiy operatsiya mamlakat Bosh Razvedka Boshqarmasi va IShIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiya kuchlari bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilganini ta’kidladi.

Al-Dalatiyning qo‘shimcha qilishicha, reyd davomida qurol-yarog‘ va xudkushlik kamzuli musodara qilingan. 

«Biz terrorizm bilan shug‘ullanishga yoki IShIDNI qo‘llab-quvvatlashga jur’at etgan har bir kishiga aniq xabar yuboramiz: adolat kuchi ularga qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar yetib boradi va ular bizning tuprog‘imizda boshpana topa olmaydilar», deb ta’kidladi suriyalik general.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring