Juda yopiq va maxfiy: BAAda Ukraina bo‘yicha muzokaralar boshlandi
BAA poytaxtida Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi.
Uchrashuv ikki kun davom etishi BAA Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilingan. Muzokaralar juda yopiq formatda o‘tkazilmoqda. Joylashuv oshkor qilinmadi va hozircha matbuot uchun hech qanday ma’lumot berilishi rejalashtirilmagan.
Hozircha faqat Rossiya delegatsiyasiga Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostyukov, Ukraina delegatsiyasiga esa prezident devoni rahbari Kirill Budanov va Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Rustem Umerov boshchilik qilayotgani ma’lum.
Reuters xabariga ko‘ra, birinchi uch tomonlama uchrashuvda Moskva Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida Ankorij sammitida erishilgani aytilgan kelishuvlarni talab qilmoqchi. Bularga Ukraina tomonidan hududiy imtiyozlar, jumladan, Donetsk viloyatining Kiyev nazorati ostida qolgan hududlari, shuningdek, mamlakatning sharqi va janubidagi boshqa mintaqalardagi hozirgi front chizig‘ining muzlatilishi kiradi.
Abu-Dabidagi muzokaralar so‘nggi kunlardagi diplomatik aloqalar fonida o‘tkazilmoqda. Bir kun oldin Vladimir Putin Moskvada AQShning maxsus elchilari Stiv Uitkoff, Jared Kushner va Josh Gruenbaum bilan uchrashdi. Uchrashuv taxminan to‘rt soat davom etdi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida Donald Tramp bilan muzokaralar olib borgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter