Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston Rossiya ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi

Qirg‘iziston Rossiya ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi

Qirg‘iziston Rossiyaga qarshi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) sudiga da’vo bilan chiqdi.

Bunga migrant ishchilarning oila a’zolariga majburiy tibbiy sug‘urta polislarini berishdan bosh tortilgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Qirg‘iziston Majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi raisi Azamat Mukanov 24.kg nashriga ma’lumot berdi. 

Mukanovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya migrant ishchilarning oilalariga bepul tibbiy sug‘urta polislarini berishdan bosh tortib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaning 96-97-moddalarini buzmoqda.

Bu masala bo‘yicha sud jarayoni allaqachon boshlangan va ikki hafta ichida qaror qabul qilinadi, deb qo‘shimcha qildi u. 

2025-yil noyabr oyida Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin xorijiy fuqarolar uchun tibbiy sug‘urta olish shartlari o‘zgarganini e’lon qildi. 28 noyabrdan boshlab migrantlar faqat Rossiyada besh yillik qonuniy ishdan keyin bepul tibbiy yordam olishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring