Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ukrenergo» sobiq rahbari tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

«Ukrenergo» sobiq rahbari tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Aleksey Brext.

Foto: «Ukrenergo»

«Ukrenergo»ning sobiq vaqtinchalik rahbari Aleksey Brext 47 yoshida baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Voqea 21-yanvar kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga kompaniya nim stansiyasida tok urishi sabab bo‘lgan.

DTEK kompaniyasi matbuot xizmati Brext «kasbiy vazifalarini bajarish chog‘ida» halok bo‘ldi, deb yozdi. Bayonotda u «Ukraina energetika tizimi va uning barqarorligi uchun juda ko‘p ish qilgan tajribali energetik» deb ta’riflangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring