Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda 8 ta yangi turistik ko‘cha tashkil etiladi

Samarqandda 8 ta yangi turistik ko‘cha tashkil etiladi

Samarqandda shaharda sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyat bo‘ylab qator turizm ko‘chalari tashqil qilinadi.

Viloyat hokimi Adiz Boboyev shu maqsadda shahar aylanib, turizm ko‘chalari tashkil qilinadigan maskanlarda bo‘lgan. Mas’ullar dastlab Bozorov ko‘chasini yuqoridagi maqomga moslash uchun ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishdi. Loyihada «Pub street» (Pivo ko‘chasi) deb nomlangan ushbu ko‘chada 24 soat davomida xizmat ko‘rsatadigan turizm shoxobchalari rejalashtirilgan.

«Shaharning har bir ko‘chasini shunday qilishimiz kerak. Tumanlarda ham shu jumladan. To‘g‘ri, buni bir kunda amalga oshirib bo‘lmaydi. Lekin qachondir boshlashimiz kerakku. Shuni bugundan boshlaylik. Qolganlarini ham o‘zimiz uchun belgilab olamiz: ikkita ko‘chani martgacha, yana ikkitasini iyulgacha. Shunday qilib bir yilda shaharda 10ta turizm ko‘chalarini tashkil qilishimiz mumkin», – deydi viloyat hokimi.

Viloyat turizm boshqarmasi joriy yilda shaharda 8 ta yangi turistik ko‘cha tashkil etilishini ma’lum qildi.

Jumladan:

  • Alisher Navoiy ko‘chasi — ijod va dam olish maskaniga;
  • Zarafshon shoh ko‘chasi — gastronomik markazga;
  • Ibn Xoldun ko‘chasi — «Osiyo» sohaviy ko‘chasiga;
  • Pushkin ko‘chasi — turistik hududga aylantiriladi.

Qayd etilishicha, bunday ko‘chalarning tashkil etilishi aholi va sayyohlar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring