Andijon va Toshkentda energetika bo‘yicha o‘g‘irliklar aniqlandi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro A.S.«Uzun ko‘cha» MFY hududidagi savdo do‘konida elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib 220,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Olmazor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor o‘rganishda fuqaro B.A.«Umid» MFY hududidagi noturar binoda novvoychilik faoliyatini tashkil etib, tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 189,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan va 134 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter