Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun koronavirus chiqqan hududlar ma’lum qilindi

Bugun koronavirus chiqqan hududlar ma’lum qilindi

Bugun mamlakatimizda 80 holatda kasallik qayd etilgan. Karantin muassasalarida  – 42 nafar, aholi orasidan (Toshkent shahrida –11 , Navoiy viloyatida-13, Toshkent viloyatida – 1) jami 25 nafar va 13 nafar xorijdan mamlakatimiz xududiga  kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasidan aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Avval xabar qilganimizdek, bugun 102 nafar fuqaro sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4520 nafar bemordan 3459 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda yurtimizning to‘qqiz xududidagi  tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1043 nafar bemordan 8 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 449 627 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 403 595 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 22 957 nafar, statsionar karantinda esa 23 075 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring