Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Katta yettilik» «tarixiy» soliq islohoti o‘tkazmoqchi

«Katta yettilik» «tarixiy» soliq islohoti o‘tkazmoqchi

Foto: «UA.NEWS»

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, G7 («Katta yettilik») mamlakatlari muhim «tarixiy kelishuv»ni e’lon qilishga tayyor: dunyoning yetakchi iqtisodiyotlari texnologiya kompaniyalarga soliq solishni tubdan o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Moliya vazirlari hujjat loyihasini Londonda muhokama qilishmoqda. Britaniya moliya vaziriga ko‘ra, yuz yil oldin o‘rnatilgan soliq tamoyillari bugungi globallashgan dunyoga to‘g‘ri kelmaydi.

Gap korporativ soliq global minimal stavkasi haqida boryapti, ya’ni transmilliy korporatsiyalarni eng kam soliq to‘lanadigan davlatlarni tanlash huquqidan mahrum etishmoqchi. Albatta, minimal soliq stavkasi raqamlari borasida tomonlar hali bir to‘xtamga kelishganicha yo‘q. AQSh prezidenti ma’muriyati avvaliga 21 foizlik stavka taklif etgandi, keyinchalik bu taklif 15 foizgacha yumshatildi, 12,5 foizlik variant ham ehtimolda bor.

Agarda vazirlar kelishuvga erishishsa, ushbu hujjat «Katta yettilik» mamlakatlari rahbarlari sammitida imzolanadi. Uchrashuv bir haftadan so‘ng o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring