Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Titanik» yo‘lovchisining soati rekord narxda sotildi

«Titanik» yo‘lovchisining soati rekord narxda sotildi

Foto: Francis Godolphin Osbourne Stuart

«Titanik» kemasining yo‘lovchisi Isidor Shtrausga tegishli bo‘lgan tilladan yasalgan cho‘ntak soati Henry Aldridge and Son auksionida 2,33 mln dollarga sotildi, deb xabar berdi BBC.

Soat millari kema cho‘kkan paytda to‘xtab qolgan.
Foto: BNPS

Isidor Shtraus — Macy’s tarmog‘i egalaridan biri, katta tadbirkor bo‘lgan.

Isidor Shtraus rafiqasi Ida bilan sayohatga chiqqan edi. «Titanik» aysberg bilan to‘qnashgach, Shtraus qutqaruv qayig‘iga o‘tishdan bosh tortib, cho‘kayotgan kemani tark etmaslikka qaror qiladi. Rafiqasi ham u bilan qoladi. Shtrauslarning qayiqdagi o‘rnini ularning oqsochi egallaydi.

Isidor va Ida Shtrauslar.
Foto: Getty Images

Vafodor er-xotin voqeasi Jeyms Kemeronning 1997-yildagi filmida ham aks ettirilgan. Sahnalarning birida ular kema cho‘kishidan bir necha daqiqa avval kayutada tasvirlangan.

Kimoshdi savdolar uyi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu soatni qidiruv guruhi Shtrausning jasadi va shaxsiy buyumlari bilan birga topgan. Soat marhumning vorislariga topshirilgan. Ida Shtrausning jasadi topilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring